Mirishkor tuman hokimi Oʻzbekistonning Singapurdagi elchisi bilan muzokara olib bordi

    Investitsiyalar 6 Yanvar 2021 1008

    Mirishkor tuman hokimi Sherali Sanayev Toshkent shahrida boʻlib, Oʻzbekistonning Singapurdagi elchisi Qaxramon Shakirov bilan muzokara olib bordi.

    Muzokara davomida elchi tomon goʻshtni qayta ishlash va qadoqlash, shakar va sellyulaza ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish uchun investorlarni jalb qilish ustida amaliy ishlar olib borishni taʼkidladi.

    Bu haqida hokimning investitsiya va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Boborajabov xabar berdi.