Aniqlanishicha, soliq auditi yakunlariga koʻra jamiyatga nisbatan qoʻshimcha soliq va moliyaviy jarima qoʻllanilmagan. Biroq keyinchalik oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi asosida korxonaga 397 million soʻmlik moliyaviy jarima hisoblangan.
Biznes-ombudsman xodimlarining qonuniy talabları asosida jamiyat ustav fondining 1,9 milliard soʻmlik qismi tovar koʻrinishida shakllantirilgani hamda bu holat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani soliq organi tomonidan qayta koʻrib chiqildi.
Natijada tadbirkorga hisoblangan 397 million soʻmlik moliyaviy jarima bekor qilinib, uning huquqlari tiklandi.