“Mirnaya missiya – 2021”: Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari Orenburgga yetib bordi

    Harbiy 13 Sentabr 2021 958

    Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari harbiy xizmatchilari Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Mirnaya missiya – 2021”: birgalikdagi oʻquv shtab mashgʻulotida ishtirok etish uchun 11-sentyabrda Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi Donguz poligoniga yetib keldi.

    Vakillarimiz Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan anʼanaviy tarzda kutib olindi.

    Shundan soʻng shaxsiy tarkib Donguz poligonida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun ajratilgan hududda joylashdi.

    “Mirnaya missiya – 2021”: birgalikdagi oʻquv shtab mashgʻulotida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo quyidagi davlatlar: Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston va Hindiston harbiylari qatnashyapti.

    “Mirnaya missiya-2021” birgalikdagi oʻquv shtab mashgʻuloti shu yil 11-25-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi Donguz poligonida boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.