Toshkent shahar soliq boshqarmasi Axborot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda tadbirkorlarning amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha takliflari tinglanib, koʻtarilgan masalalarning aksariyati shu yerning oʻzida yechim topdi. Muddat talab qiladigan muammolar esa nazoratga olinib, masʼullarga biriktirildi.

Shuningdek, tadbirda kichik va oʻrta biznesning mamlakat iqtisodiy rivojidagi oʻrni, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, soliq qonunchiligidagi soʻnggi oʻzgarishlar hamda tadbirkorlarning barqarorlik reytingi haqida batafsil maʼlumot berildi.