2021 yil 7 dekabr` kuni IIVga J.M. ariza bilan murojaat qilib, Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan to'liq qurib bitkazilmagan ko'p qavatli uylardan xonadonni ipoteka krediti asosida sotib olish maqsadida «Mirokreditbank» ATB Toshkent filialiga borgan.
Bankning «Chakana xizmatlar» bo'limi boshlig'i Z.Sh. uning nomiga 7 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti ajratib berish evaziga 2.000 AQSh dollari berishini talab qilib, pullarni uning tanishi X.Ya.ga berib qo'yishni aytganligini ma'lum qilib, qonuniy chora ko'rishlikni so'ragan.
Mazkur arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamda IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 2-mavzesi Arnasoy ko'chasi 28-uy oldida X.Ya. ariza muallifidan 2.000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan hamda Z.Sh. qo'lga olinib, surishtiruvga jalb qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan X.Ya. va Z.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi