Dunyoga mashhur Ulugʻbek rasadxonasi bundan bir asr muqaddam topilgan. Atoqli sharqshunos olimlar va arxeolog V. L. Vyatkin ishtirokidagi bu kashfiyot XX asrning shov-shuvli voqeasi boʻlgan.

Inshoot balandligi 40 metr, diametri esa 50 metrdan oshiq. Rasadxona tomiga kichik asboblar oʻrnatilgan, markazida asosiy asbob - kvadrant turadi. Yoyning radiusi 40 metrdan oshadi. Asbobning faqat bir qismi yerdan yuqoriga koʻtarilgan, qolganlari esa yer osti xandaqda joylashgan.

Binoda boy kutubxona ham boʻlgan, chunki rasadxona nafaqat kuzatuv joyi boʻlib, unda oʻsha davrning eng kuchli olimlari - matematiklar, faylasuflar, munajjimlar ishlagan.

Ulugʻbek vafotidan keyin  bir necha oʻn yildan soʻng rasadxona asta-sekin tanazzulga yuz tutdi. 1469-yilga kelib olimlar uni tark etishgan. 

1908-yilda arxeolog Vyatkin qazish ishlarini boshlagan va 1914-yilda uzoq tadqiqotlardan soʻng qadimiy rasadxona qoldiqlarini topishga muvaffaq boʻlgan.