Uchrashuv chogʻida turk tomoni Turkiy dunyo Muhandis va meʼmorlar uyushmasi tomonidan 2021-2022-yillarning “Mirzo Ulugʻbek yili” deb eʼtirof etilgani bois rejalashtirilgan madaniy tadbirlar xususida toʻxtaldi.
Shuningdek, 2022-yil 21-22-mart kunlari Samarqandda Mirzo Ulugʻbekning tavallud kuni munosabati bilan “Mirzo Ulugʻbekni yodga olish yili” birinchi konferensiyasining oʻtkazilishi haqida maʼlum qilindi.
Shu bois, turk delegatsiyasi mazkur tashrif doirasida Samarqandda ham boʻlib, konferensiyaga tayyorgarlik jarayonlarini muhokama qiladi.
Samimiy ruhda boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida har ikki tomon uchun ham soha rivojiga xizmat qiluvchi samarali taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.