Misr qadimiy ashyolari departamenti rahbari Ayman Ashmauining so'zlariga ko'ra, kema qoldiqlaridan tashqari dengiz tubidan yuzlab sopol buyumlar, jumladan, Gretsiyaning Rodos orolidan ko'plab ko'zalar topilgan.
Ushbu ko'zalar odatda vinoni tashish va saqlash uchun ishlatilgan va ular cho'kib ketgan orolda, kema yaqinidan topilgan. Ashmauining so'zlariga ko'ra, kema avvalroq cho'kib ketgan orolga borib urilgani uchun cho'kib ketgan bo'lishi mumkin.
Tadqiqotlar savdo kemasi miloddan avvalgi III asrga tegishli ekanini ko'rsatdi, deb xabar beradi mir24.tv.