Misrlik qutqaruvchilar Qizil dengizda Marsa al-Alam qirg'oqlari yaqinida halokatga uchragan sayyohlik yaxtasi bortida bo'lgan 28 kishini topib, suvdan qutqardi. Tegishli bayonot voqea sodir bo'lgan Misrning Qizil dengiziga tutash viloyati rasmiylari tomonidan e'lon qilindi.
Ularning ma'lumotlari ko'ra, 17 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda, ularni qidirish davom etmoqda. Suvdan chiqarilgan yo'lovchilar qirg'oqqa olib chiqilib, ularga zarur tibbiy yordam ko'rsatildi. Qutqarilgan sayyohlarning millati ma'lum qilinmadi.
Avvalroq Al-Youm as-Sabia axborot portali Marsa al-Alam qirg'oqlari yaqinida bortida 14 nafar ekipaj a'zosi va 31 nafar turist bo'lgan sayyohlik yaxtasi cho'kib ketgani haqida xabar bergan edi.
Yaxta 24-noyabr kuni yo'lga chiqqan va 29-noyabr kuni Xurgadaga yetib borishi kerak edi. Yaxta dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:30 da halokat signalini yubordi. Halokat sabablari o'rganilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.