Ikkala bemor ham kasallikni oson o'tkazgan va allaqachon tuzalib ketgan, deyiladi mahalliy Sog'liqni saqlash vazirligi bayonotida.
Avvalroq, kovidning yangi versiyasiga Rospotrebnadzor tomonidan baho berilgan edi. U yerdagi mutaxassislarining fikriga ko'ra, “eris” boshqa SARS-CoV-2 genovariantlariga qaraganda yashovchan bo'lib chiqdi. U ilgari ishlab chiqilgan immunitetning ta'siriga samaraliroq “chap beradi” va faolroq tarqaladi.
Yaqinda britaniyalik shifokorlar BA.2.86 koronavirusining yangi shtammini aniqlashdi. Ushbu variant ko'p sonli mutatsiyalar bilan tavsiflanadi, deb xabar beradi mir24.tv.