Olib borilgan tadqiqotlar kitning yosh paytida nobud boʻlganini koʻrsatdi. Shuning uchun olimlar atigi 18 yoshgacha yashagan firʼavn Tutanxamon sharafiga uni Tutcetus rayanensis deb nomlashga qaror qilishdi.
Kit bazilozavridlarning eng kichigi boʻlib chiqdi. Tanasining uzunligi 2,5 metrga, vazni – 187 kilogrammga yetgan.
Bazilozavridlar – eotsen davrida mavjud boʻlgan, yoʻq boʻlib ketgan kitsimonlar oilasi. Mazkur jonivorlar faqat suvda yashagan. Ular hali ham orqa oyoq-qoʻllarini saqlab qolishgan, ammo ular ancha qisqargan.
Olimlarning taʼkidlashicha, kitning tishlari juda silliq emal bilan qoplangan. Bu shuni anglatadiki, u yumshoq ozuqa – baliq, kalamar, sakkizoyoq yegan.
42 million yil oldin kuzatilgan global isish mazkur turdagi kitlar sonining kamayishiga olib kelgan boʻlishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.