Getti muzeyining qadimiy asarlar kuratori yordamchisi Sara Koulning aytishicha, bunday o‘ramlarni qadimgi Misr dafn marosimlarida marhum qabriga quyish urf-odat bo‘lgan.

Qazilma ishlari olib borilayotgan  qabristonga eramizdan avvalgi 1550 yildan 1070 yil oralig‘ida davom etgan Yangi Qirollik davrida asos solingan. Misr Turizm va qadimiy ashyolar vazirligi o‘zining rasmiy saytida eʼlon qilingan bayonotda, Tuna Al-Gebelda topilgan artefaktni dastlabki o‘rganish chog‘ida “O‘liklar kitobi”ga havola topilganini aytdi. Bundan tashqari, ushbu qabristonda kitobdan tashqari yana bir qancha qadimiy ashyolar topilgan.