Kembrij, Sarbonna universitetlari va Fransiya Milliy ilmiy tadqiqot markazi mutaxassislari guruhi X-XI asrga tegishli Suriyaning nasroniy yozuvlari matnlari ostida ilgari yo'qolgan deb hisoblangan yulduzlar jadvalini aniqlashdi. Bu tarixchilarga ma'lum bo'lgan eng qadimiy yulduzlar jadvalidir. Uni tuzgan olim Gipparx millodan avvalgi II asrda Rodos orolida yashab ijod qilgan. Topilgan mazkur yulduzlar jadvali parchasi V-VI asrlarda qayta yozilgan. U Shimoliy toj yulduz turkumining aniq koordinatalarini o'z ichiga oladi.
Sinay tog'idagi Ketrin monastrligi VI asrda tashkil topgan va dunyodagi eng qadimgi doimiy faoliyat ko'rsatuvchi xristian monastrligidir. Uning kutubxonasida 160 dan ortiq palimpsestlar — oldingi yozuvlar ustida yozilgan matnalar saqlanadi. Tadqiqotchilar ular yordamida Gipparx jadvalining yangi qismlarini va boshqa yo'qolgan qadimiy kitoblarni topishga umid qilishmoqda.