Umumiy 6720 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar boʻlgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, V gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining berilishi boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

Bugunga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSH dollariga teng boʻlgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.