Oʻzbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga koʻra, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar boʻlgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, V gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining begʻaraz yordam sifatida berilishi boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSH dollariga teng boʻlgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.
Joriy yilning 20-yanvar kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasi yetkazib berildi. Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.