“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ mana 10 yildirki “Mitsubishi Sorporation”, “MELCO” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems” kompaniyalari bilan yirik investitsiya loyihalari boʻyicha hamkorlik qilib kelyapti.

Jumladan, oʻtgan yillar davomida “Navoiy IES” AJ, “Tolimarjon IES” AJ va “Toʻraqoʻrgʻon IES” UKda elektr energetikasi sohasidagi yirik generatsiya quvvatlari “Mitsubishi Sorporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda foydalanishga topshirildi.

Taʼkidlash kerakki, “Mitsubishi Sorporation”, “MELCO” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems” kompaniyalari bilan amalga oshirilgan loyihalar natijasida umumiy oʻrnatilgan quvvati 2 728 MVtni tashkil etuvchi zamonaviy, energosamarador generatsiya obyektlari bunyod etilgan.

Endilikda, hamkorlar “Navoiy IES” AJni 3 – bosqichda kengaytirish boʻyicha quvvati 650 MVt boʻlgan investitsiya loyihasi boʻyicha ishlarni amalga oshiryapti.

Uchrashuvda, tomonlar mavjud loyihalar ijrosini samarali tashkil etish, faoliyat yuritayotgan energobloklardan oqilona foydalanish masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ maʼlumotiga tayanib.