Ixcham Mony Mist qurilmasining oʻlchami 89,5x45,5x11,5 millimetr, ogʻirligi 75 gramm. Loyiha Kickstarter maydonchasida taqdim etilgan.

Oʻlchamlarining kichikligiga qaramay, smartfon 480x853 pikselli 3 dyuymga ega suyuq kristall ekran bilan jihozlangan. U toʻrt yadroli Corex-A53 (1,3 gigagers) MediaTek MT6735 bazasida hamda Mali T720 grafik protsessorida ishlaydi.

Smartfonga 3 gigabayt tezkor va 32 gigabayt ichki xotira oʻrnatilgan. Unga 13 megapikselli bitta modul joylashgan.

Akkumulyator sigʻimi 1250 mA/soatni tashkil etadi. Oʻng yon tomonidan oʻchirib-yoqish tugmasi, chap tomonida esa ovozni boshqaruvchi klavish joylashgan. USB-C porti pastdagi ikkita dinamiklar toʻrining oʻrtasida joylashgan. Qurilma Wi-Fi va Bluetoothni qoʻllab-quvvatlaydi.

Smartfonni ayni vaqtda 99 dollardan buyurtma qilish mumkin, keyinchalik narxi 150 dollarga koʻtariladi.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yilning iyulida Kickstarter kraudfanding maydonchasida 3 dyuymli ekranga ega zamonaviy va qulay Jelly 2 smartfoni paydo boʻlgandi.