Murojaatda keltirilishicha, u o'tgan yili dekabr` oyida “Zohidon yigitlari” MCHJga qarashli savdo do'konidan “Quvasoy shifer zavodi” MCHJda ishlab chiqarilgan 200 dona shifer xarid qilgan. Biroq shu yilning avgust oyida xonadon tomiga qoqilgan shiferlardan 50 tasi yorilib ketgan.
Murojaat taalluqliligi bo'yicha Rishton tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganildi. Jarayonda shifer ishlab chiqaruvchi korxona rahbariyati nomiga ham so'rov xati yuborilib, o'rganish ishlarida korxonadan bir nafar malakali mutaxassis biriktirilishi so'raldi.
Mazkur mutaxassis ishtirokida o'rganish davomida iste'molchi xonadonidagi yorilgan shiferlar bo'yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va o'rganuv kunining ertasiga iste'molchiga nuqsonli shiferlar o'rniga yangi, sifatli 50 dona shifer etkazib berilishiga erishildi. SHu bilan iste'molchiga etkazilishi mumkin bo'lgan 2 million so'mlik moddiy zararning oldi olindi.
Husniddin LATIPOV,
Rishton tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi