Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Matonat maktabi” loyihasi doirasida filmlarni suratga olish ishlari davom etmoqda.
Kuni kecha Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida “Mohigulning pok niyati" hujjatli filmining syomka jarayonlari boshlandi.
Mazkur film yengil atletikaning disk uloqtirish turi F57 klassida 31,46 metr natija bilan gʻolib boʻlib oltin medalni qoʻlga kiritgan Mohigul Hamdamova haqida hikoya qiladi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati