Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axborotiga koʻra, 2022-yil 9-mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 245 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shu jumladan 35 nafar ayol, 20 nafar voyaga yetgaman shaxs va 3 nafar chaqaloq olib kelindi.
Moldova Respublikasi hududida boʻlgan 94 nafar fuqaro Oʻzbekiston diplomatlari hamrohligida Moldova-Ruminiya chegarasini kesib oʻtdi.
Ularni maxsus reys bilan Buxarest aeroportidan evakuatsiya qilish rejalashtirilgan.