Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Mayya Sandu g'alaba qozondi

    Yakshanba, 3-noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo'lib o'tdi.

    Amaldagi davlat rahbari Mayya Sandu o'zining g'alabasini e'lon qildi.

    Yevropa integratsiyasi tarafdori Mayya Sandu prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g'alaba qozonganini e'lon qildi. Ovozlarni sanash hali yakunlangani yo'q, biroq uning raqibi, mamlakatning sobiq bosh prokurori Aleksandr Stoyanoglo endi unga yetib olish imkoniga ega emas.

    Mayya Sandu xorijda yashovchi moldovaliklarning ovozlari evaziga g'alaba qozondi.

    Mahalliy vaqt bilan soat 03.30 holatiga ko'ra, saylov uchastkalarining 98,9 foizi ovozlari sanab chiqilganida, Mayya Sandu 55 foizdan ko'proq, Stoyanoglo esa 45 foizdan kam ovoz olgan.

    Oxirgi ovozlar xorijdagi saylov uchastkalaridan olingan ovozlar sanaladi va Yevropada istiqomat qiluvchi ko'p sonli moldovaliklar amaldagi prezidentni qo'llab-quvvatlashdi, deb xabar beradi 24.kg.