Moʻmin Amonov Buxoro shahar hokimi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

    Tayinlovga qadar u “Buxoro suv taʼminoti“ AJ direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

    Bu haqda Buxoro shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Amonov Moʻmin Olimovich – Buxoro shahar hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    M. Amonov 1988-yilda Shofirkon tumanida tugʻilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.