Bugun yunon-rum kurashchilarimizdan Moʻminjon Abdullayev jahon chempionatining bronza medali uchun gilamga chiqadi. 130 kilogramm vaznda kurashayotgan uch karra Osiyo oʻyinlari gʻolibining bronza medali uchun bellashuvdagi raqibi oʻtish bosqichidagi bahsdan soʻng aniqlanadi. Ukrainalik Oleksandr Cherneskiy yoki ruminiyalik Alin Chiurarui sportchimizga raqiblik qiladi.
Eslatib oʻtamiz, 55 kilogramm vaznda kurashgan Jasurbek Ortiqboyev bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 82 kilogramm vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jalgasbay Berdimuratov jahon chempionatining kumush medaliga sazovor boʻldi. Polvonimiz hal qiluvchi bellashuvda turkiyalik Burxan Akbudakka qarshi gilamga chiqdi. Afsuski, murosasiz kechgan bellashuv Akbudakning 7:6 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.