Moskva – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 7-noyabr kuni amalga oshirilishi kerak boʻlgan HY602 reysi texnik sabablarga koʻra joʻnab ketish aeroportida (Domodedovo) kechiktirildi.
Aviakompaniyaning texnik mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorlash boʻyicha ish olib borishmoqda. Yoʻlovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi. Yoʻlovchilarga, shuningdek, kompensatsiya xizmatlari ham taqdim etildi.
“Parvoz vaqti haqida qoʻshimcha maʼlumot qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi. Bizning yangiliklarimizni kuzatib boring. Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!”, deyiladi “Uzbekistan Airways” axborotida.