Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur holat yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabaat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, Agentlikning Moskvadagi vakolatxonasi tomonidan vafot etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. Uning yaqin qarindoshlari bilan aloqa oʻrnatilib, jasadni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Shuningdek, Rossiyaning huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan aloqalar oʻrnatilib, mazkur hodisa nazoratga olindi.