Oʼrganishlardan maʼlum boʼlishicha, ushbu kompaniyaga fuqarolarimiz mustaqil ravishda ishga joylashgan. Ish beruvchi vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 2021 yil dekabrь oyi uchun ish haqlari toʼlab berilgan va 2022-yil yanvar oyi uchun ish haqlari mart oyida toʼlib berilishi haqida vaʼda olingan edi.

2022-yilning 16-mart kuni vaziyat qayta monitoring qilinganda ish beruvchi tomonidan berilgan vaʼda bajarilmagani maʼlum boʼlgan. Shundan soʼng, Vakolatxona tomonidan ish beruvchi tashkilot ustidan Moskva shahri Solntsevo tumani boʼyicha tumanlararo prokuraturasiga murojaat qilingan.

Shu bilan birga, taʼkidlash joiz, fuqarolarning bir qismi ushbu tashkilotga mehnat shartnoasi tuzilmasdan ishga jalb qilingan va patent avans toʼlovi uchun bankdan mikroqarz olgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda hamda Vakolatxona tomonidan Rostrud, shahar prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish uchun qoʼshimcha maʼlumotlar tayyorlanmoqda.