M.N.ning yaqin qarindoshlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganildi.

Yurtdoshimiz Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hisobidan, shifokor nazoratida Oʻzbekistonga olib kelindi, deya xabar beradi agentlikning axborot xizmati.

Shuningdek, xabarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy koʻmaklashish markazi tomonidan fuqaroga ish beruvchidan 1 million 350 ming rubl miqdorida moddiy yordam undirib berilgani aytildi.