Moskva rahbariyati 9-oktyabrdan 28-oktyabrgacha maktab oʻquvchilari, pensionerlar va surunkali kasallikka chalinganlarning ijtimoiy kartalarini bloklab qoʻyadi. Bu haqda Moskva shahar meri Sergey Sobyanin oʻzining blogida xabar bergan.
“9-oktyabrdan boshlab taʼtilning oxirigacha maktab oʻquvchilarining jamoat transportidan foydalanish uchun berilgan imtiyozlari toʻxtatib turiladi. Oʻquvchilarning ijtimoiy kartasidagi transport ilovalari vaqtincha bloklanadi. Shuningdek, 28-oktyabrgacha 65 yoshdan oshgan moskvaliklar va surunkali kasallikka chalinganlar uchun jamoat transportidan bepul foydalanish imtiyozi toʻxtatiladi. Ular uyda qolishlari kerak”, — deb yozadi Sobyanin.
U bunday qaror qariyalarni asrash uchun qabul qilingani haqida eslatadi, deb xabar beradi TASS.
“Transportdan bepul foydalanish imtiyozining toʻxtatilishi haqidagi qaror 9-oktyabr, juma kunidan kuchga kiradi. Bu ishlayotgan odamlarga kechiktirmasdan kasallik varaqasi rasmiylashtirish yoki masofadan ishlashga oʻtish imkonini beradi”, — deb yozgan Sobyanin.