Ushbu quduqning 1 670-1 676 metr oraligʻida perforatsiya ishlari olib borildi. Tezkor olingan maʼlumotlarga koʻra, oʻzlashtirish natijasida quduqdan oʻrtacha kunlik 50 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 0,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: “Shimoliy Berdaq” gazkondensat koni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida joylashgan boʻlib, 2006-yilda ishga tushirilgan.