Oʻzbekneftgaz” AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shimoliy Berdaq” gaz kondensat konidagi 100-sonli quduqda burgʻilash ishlari tugatildi.

Shuningdek, quduqda burgʻilash ishlaridan soʻng, 2530–2635 metr intervallar oraligʻiga filtr tushirilib, quduqda oʻzlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tezkor maʼlumotlarga koʻra, quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 150 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qoʻshish ishlari bajarilmoqda.

Maʼlumot uchun: “Shimoliy Berdaq” gaz kondensat koni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida joylashgan boʻlib, 2006-yilda ishga tushirilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati