Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirigʻiga asosan konlarda tabiiy gaz qazib chiqarishni koʻpaytirish, uglevodorodlar zaxirasini oshirish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, quduqlarda kapital taʼmirlash ishlarini bajarish barobarida, yangi quduqlar burgʻilanib, tugatilgan quduqlar majmuasida turganlari esa qayta taʼmirlanib ishga qoʻshilmoqda.

Oʻzbekneftgaz” AJning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shimoliy Berdaq” konidagi 72-sonli quduqda olib borilgan taʼmirlash ishlari ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ushbu quduqda 2314–2312m oraligʻida perforatsiya ishlari olib borildi va oʻzlashtirishdan soʻng quduqdan oʻrtacha kunlik 71 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 0,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Maʼlumot uchun: “Shimoliy Berdaq” gaz kondensat koni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida joylashgan boʻlib, 2006-yilda ishga tushirilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati