Jizzakh Petroleum loyihaning yirik sarmoyachisi bo'lib, O'zbekistonning Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan bu loyiha doirasida tabiiy gazni monetizatsiya qilish orqali mahalliy xomashyodan foydalangan holda eksportga yo'naltirilgan va mamlakat ichida yuqori talabga ega yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaradi.

GKMning yaratilishi kelajakda mahalliy to'qimachilik sanoatining rivojlanishiga, shuningdek avtomobilsozlik va qurilish sanoatida import o'rnini bosishiga va ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib keladi.

Hamkor Wood bilan birga amalga oshirilgan chuqur tadqiqotlar va tahlillar asosida etakchi xalqaro kompaniyalar bilan 2021 yil yanvarida va fevral` oyi boshlarida oltita texnologik litsenziya shartnomalari imzolandi.

Kompaniya Texnologiya
Chemtex (Invista)
(AQSH)
PeT
Scientific Design
(AQSH)
MeG

Versalis
(Italiya)

PeNP / eVA
Haldor Topsoe
(Daniya)
Metanol

Grace

(AQSH)
PP

Sinopec

(Xitoy)
MTO


Ushbu yangi marralarga 2020 yil sentyabr` oyida qurilish maydonchasi tanlanganligi hamda konsalting va texnik sheriklar – IHS Markit, Nexant va Wood tomonidan marketing va texnik-iqtisodiy tadqiqotlarning yakunlanishi e'lon qilinganidan so'ng erishildi.

Boshqa muhim marralar quyidagilardan iborat:

- Jizzakh Petroleum loyihaning huquqiy maslahatchisi sifatida White & Case kompaniyasini va atrof-muhit va ijtimoiy ta'sirni baholash bo'yicha maslahatchi sifatida Mott MacDonald kompaniyasini jalb qildi;

- Wood bilan FEED bo'yicha shartnoma imzolandi;

- FEEDni moliyalashtirish uchun SACE (Italiyaning eksport kredit agentligi) va Bank Intesa Sanpaolo (Italiya) dan rasmiy niyat xatlari olindi;

- Polimer mahsulotlarini sotish bo'yicha Marco Polo International (AQSH) va KTM Kimyevi Maddeler (Turkiya) kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.

O'zbekiston Respublikasi energetika vaziri Alisher Sultonov shunday dedi:

“O'zbekiston hukumati Buxoroda barpo etiladigan ushbu majmua bo'yicha erishilgan yutuqlarni mamnuniyat bilan qutlaydi. Biz ushbu loyihani O'zbekiston va xalqaro sheriklar o'rtasidagi kelajakdagi o'zaro hamkorlikning namunasi deb bilamiz. Ushbu hamkorlik mamlakatimiz hukumati va xususan, energetika vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan jadal rivojlanish dasturining kalitidir. O'tgan yili qurilish maydonchasini tanlash yakunlanganidan so'ng, Jizzakh Petroleum ishtirpokidagi muzokaralar shu qadar tezkorlik bilan asosiy xalqaro litsenziyachilar bilan qator kelishuvlar imzolanganidan xursandmiz”.