Intellektual mulk agentligi direktori oʻrinbosari Yesemurat Kanyazovning aytishicha, AOKA bilan hamkorlikda veb-saytlar faoliyati mualliflik huquqiga rioya qilish borasida muntazam monitoring qilinadi.

Monitoring natijalariga koʻra, xulosa beriladi va shu xulosa asosida mualliflik huquqiga rioya etmay materiallar tarqatayotgan saytlar maxsus reyestrga kiritiladi hamda ular faoliyati cheklanadi.

Bu haqda Ye.Kanyazov Milliy matbuot markazida Intellektual mulk agentligi masʼullari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida maʼlum qildi. Mazkur anjumanni Uzreport tv orqali kuzatish mumkin, deb yozmoqda Jurnalistika.uz telegram kanali.