Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Vazirlik tomonidan shoir va bastakorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2024 va 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida mualliflik huquqini buzgan va sud qarorlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan 10 nafar ijrochilarga oid maʼlumotlarni “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga taqdim etib, ularning litsenziyalarini bekor qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrishni soʻradi.
Konsert tomosha faoliyati bilan shugʻullanuvchi ijrochilar tomonidan mualliflik va turdosh huquqlarni buzish holati litsenziya talablarini qoʻpol ravishda buzish deb baholanadi, va bunday holatda litsenziyaning amal qilishi sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
"Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilib xabar bering", deyiladi xabarda.








