“Bugun biz qurilishi bundan 3 yil avval boshlangan va pandemiya tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, jadal davom ettirilgan yangi obyektni foydalanishga topshiryapmiz. Shu sababli bugungi voqea — bu faqat yangi korxonaning ochilishigina emas, balki qoʻyilgan maqsadga erishish yoʻlida turli toʻsiqlarni yengib oʻtish namunasidir!”
“Neftgaz sohasida yangi sanoat obyektlarining ishga tushirilishi, nafaqat yuqori samaradorlikka, ayni paytda energiyani tejash, atrof-muhitga minimal taʼsirni taʼminlashga yoʻnaltirilgan yangi texnologiyalar demakdir”, - dedi Energetika vaziri Alisher Sultonov.
PBAOQ 4-tarmogʻi ishga tushirilishi bu Muborak gazni qayta ishlash zavodida siqilgan tabiiy gazni ishlab chiqarilishini koʻpaytirishga yordam beradi. Ushbu imkoniyatlar respublikamizning sanoat korxonalari va turar-joy kommunal xoʻjaligi korxonalarining ushbu mahsulotga boʻlgan oʻsib borayotgan talabini qondirishga xizmat qiladi.
Yangi propan-butan aralashmasini olish qurilmasi yiliga 3 mlrd.kub.m.gazni qayta ishlash va 38 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gazni olish imkoniyatini beradi. Uning ishga tushirilishi natijasida ayni paytda qariyib 70 nafar xodim ish bilan taʼminlanadi.
Qoʻshimcha tarzda shuni aytish mumkinki, Muborak GQZ da Yangi propan-butan aralashmasini olish qurilmasini qurish boʻyicha loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-yanvardagi PQ-2745-sonli va 2018-yil 19-iyuldagi 3874-sonli qarorlariga muofiq amalga oshirilgan.
Qiymati 58,25 mln. dollarga teng ushbu proyektorni moliyalash “Oʻzbekneftgaz” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, uning qoplanish muddati 6 yilni (2021-2026 yy.) tashkil etadi.