«Ijtimoiy tarmoqlarda Afgʻonistondan Oʻzbekiston hududiga uchinchi marta raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi,- deyiladi Mudofaa vazirligi rasmiy bayonotida. - Mazkur mazmunda tarqatilayotgan xabarlar yolgʻon boʻlib, mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Oʻzbekiston-Afgʻoniston davlat chegarasi Oʻzbekiston harbiylari tomonidan toʻliq nazorat qilinmoqda, vaziyat barqaror.

Fuqarolarimizdan bu kabi yolgʻon xabarlarga ishonmasliklari va rasmiy manbalarga tayanishlarini soʻrab qolamiz».