Mudofaa vazirligi tizimida psixologik yordam ko'rsatish bo'yicha «Koll-markaz» bo'linmasi tashkil etildi

    Mudofaa vazirligi ma'lumot berishicha, bugun, 10-oktyabrdan vazirlik Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi tarkibida sinov tariqasida psixologik yordam ko'rsatish «Koll-markaz» bo'linmasi o'z faoliyatini boshladi.

    13 57 qisqa raqamlari orqali harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari va ularning oila a'zolari, shuningdek, fuqarolar ham mutaxassislardan psixologik maslahatlar olishi mumkin.

    Ushbu qisqa raqamlarga barcha shahar, mobil, harbiy qism va muassasalardagi xizmat telefonlari orqali bog'lanish imkoniyati mavjud.