Mudofaa vazirligining oʻziga tegishli umumfuqaro foydalanishda boʻlgan va boʻshayotgan avtomototransport vositalarini Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilariga yopiq auksionlar oʻtkazish orqali sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi, deb yozadi Norma.uz

Yopiq auksion oʻtkazish boʻyicha savdolar tashkilotchisi Mudofaa vazirligi tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadi. Uch oy muddat davomida avtomototransport vositalari yopiq auksionda sotilmagan yoki yopiq auksionda qatnashish boʻyicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, mazkur avtomototransport vositalari umumiy tartibda “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasining ommaviy savdolariga chiqariladi.

Yopiq auksionni oʻtkazish tartibi Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 13.08.2021-yildan kuchga kirdi.