Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Muhammad Davletshinning 100 yillik yubileyiga bag'ishlangan “Jamiyatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yillarida zamonaviy shaxs rivojlanishining psixologik xususiyatlari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Tadbirni universitet rektori Abdug'affor Qirg'izboyev hamda ilmiy ishlar bo'yicha proroektor Barno Abdullayeva kirish so'zlari bilan ochib berishdi.

E'tiborlisi, nufuzli tadbirda Rossiya Federatsiyasidan Svetlana Shishkova “Shaxsning motivatsiyasida zamonaviy neyrotexnologiyalar”, Qozog'istondan Aliya Mambetalina “Qozog'iston psixologiya fanidagi ilmiy izlanishlar” mavzuidagi ma'ruzalari bilan qatnashdi.

Anjumanga taqdim qilingan 130 dan ziyod shu ma'ruzalar kitob holida nashr qilinib, ishtirokchilarga tarqatildi.

Kitobdagi materiallar nafaqat anjuman qatnashchilariga, shuningdek boshqa yo'nalishda faoliyat yuritayotgan turli kasb egalariga, pedagoglarga o'z-o'zini tarbiyalashda, ayniqsa, yoshlarga foydalidir.

Anjuman so'ngida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Hasan Abdunazarov