Boshqaruvchilar Kengashi, shuningdek, Ikki muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumatiga ITBni tashkil etilganidan buyon qoʻllab-quvvatlab kelayotgani uchun oʻzining chuqur minnatdorligini bildirishi xususida qaror qabul qildi.

Qarorda doktor Bandar ibn Muhammad Al-Hajar Janobi Oliylari tomonidan saylanganidan buyon ITB tuzilmalari va ITB Guruhi oldida amalga oshirilgan mukammal faoliyati hamda oʻtgan davr mobaynida jahon moliya bozorlaridagi moliyaviy tashkilotlar orasida oʻz mavqeini koʻtarishga imkon bergan ulkan muvaffaqiyatlari Bank Boshqaruvchilari Kengashi tomonidan eʼtirof etilgani va yuqori baholangani aks ettirilgan.

S.Umurzakov raisligi va Qoʻmita aʼzolari boʻlgan Boshqaruvchilar ishtirokidagi Bank Boshqaruvchilari Kengashining Tartib-taomillar boʻyicha qoʻmitasi ITB raisi lavozimida doktor Bandar ibn Muhammad al-Hajar Janobi Oliylari oʻrniga faoliyat yuritish uchun Saudiya Arabistoni Podshohligi vakili, doktor Muhammad al-Jassir Janobi Oliylarining nomzodini koʻrib chiqish maqsadida videokonferensiya oʻtkazdi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Yigʻilishda Qoʻmita doktor al-Jassirni keyingi 5 yilga ITBning yangi Prezidenti lavozimiga saylash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini qabul qilishni tavsiya etdi. Shuningdek, Qoʻmita doktor Hajjarga minnatdorlik maktubini yuborish toʻgʻrisida yana bir qaror loyihasini qabul qilishni tavsiya qildi. Ikkala qaror loyihasi ham Direktorlar kengashi aʼzolariga sirtdan qabul qilish uchun taqdim etildi.