Unda tomonlar oʻzaro hamkorlik istiqbollari, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining faoliyati, inson resurslarini rivojlantirish uchun stipendiyalar ajratish (JDS) loyihasi boʻyicha bajarilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida vazir oʻrinbosari tomonidan JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va vazirlik oʻrtasida ilmiy-tadqiqot institutlarini transformatsiya qilish, yosh olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar tashkil etish, taʼlim islohotlari uchun xalqaro standartlar joriy etish, xodimlar malakasini oshirish va
ekspert-konsultantlarni jalb etish boʻyicha hamkorlik oʻrnatish takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida, JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan Knowledge Co-Creation Programs (KCCP) dasturi doirasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish, inson resurslarini rivojlantirish uchun stipendiyalar ajratish (JDS), Technical Cooperation dasturi doirasida oliy taʼlim tizimini isloh qilish, muhandis ayollarni tayyorlash, fan va innovatsiyalarga venchur moliyalashtirish va investitsiyalarni kiritishda ekspert-konsultantlarni jalb etish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari taʼlim va innovatsiya yoʻnalishida hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan doimiy hamkorlikda ishlashga tayorligini bildirdi, deb xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.