Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligining Audiovizual va interaktiv ommaviy axborot vositalari departamenti direktori Rufat Gasanov, Ozarbayjon xalq artisti Vagif Mustafayev hamda Ozarbayjonfilm kinostudiyasi direktori Nazim Guseynov bilan videomuloqot oʻtkazdi. Unda joriy yil oʻtkaziladigan Toshkent Xalqaro kinofestivali toʻgʻrisida suhbat olib borildi.

Agentlik rahbari muloqot davomida Ozarbayjon bilan hamkorlikda suratga olinishi rejalashtirilgan “Mulla Nasriddin” kinoloyihasi boʻyicha taklif va tavsiyalarini bildirib oʻtdi.

Tomonlar stsenariy muhokamadan oʻtgach, suratga olish ishlari qay tartibda boʻlishi va filʼmda rolʼ ijro etuvchi oʻzbek va ozarbayjon aktyorlari borasida ham fikr almashishdi. Shuningdek, videomuloqot davomida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yil soʻnggiga qadar Ozarbayjonda oʻzbek kinosi kunlarini oʻtkazishni ham kelishib olishdi.