Respondentlar tahlil uchun DNK topshirishdi, tibbiy ko'rikdan o'tishdi, shuningdek, noto'g'ri odatlari va qaysi oziq-ovqatni sevib iste'mol qilishlari haqida so'zlab berishdi. To'plangan ma'lumotlarga asoslanib, olimlar, loyiha ishtirokchilari hayotining keyingi o'n bir yili davomida muntazam qahva va choy ichgani ularning miya salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatganini aniqladi. Tadqiqot natijalari PLOS Medicine jurnalida e'lon qilindi.

Xususan, kuniga 3-5 piyola choy va ikki-uch finjon qahva ichish keksalikda demensiya tahdidini taxminan 28 foiz, insul`t xavfini 32 foiz,  keksalikda miyada qon ketishidan so'ng kuzatiladigan aqliy zaiflik ehtimolini 20 foizga kamaytirarkan.

Keyingi tadqiqotlar davomida olimlar ushbu ichimliklarning qaysi tarkibiy qismlari miya salomatligiga foydali ta'sir ko'rsatishini aniqlash niyatida, deb xabar beradi AiF.