Muqaddam sudlangan 20-25 yoshdagi yigitlar maktab hududiga bemaqsad kirishga urindi

    Milliy gvardiya respublikamiz boʻyicha maktablarga begonalar kirishining oldi olinayotganini maʼlum qildi.

    Maktablarda oʻquvchi va oʻqituvchilarni xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan qorovullarning yangi ish tizimi boʻyicha bir nafar qorovul kunduzgi vaqtda ham xizmat olib boradigan boʻldi. Bu oʻz navbatida, maktab xududiga begonalar kirishini oldini oladi, kirish-chiqish va ichki tartibni nazorat qiladi.

    Qorovullik lavozimlari boschiqma-bosqich harbiy xizmatni oʻtagan yosh kadrlar bilan toʻldirilmoqda.

    Bir soʻz bilan aytganda har bir maktab qulf-kalitli boʻldi, deyiladi xabarda.

    Ushbu tizim oʻz samarasini koʻrsatib soʻngi haftani oʻzida respublikamiz boʻyicha 6 ta holatda maktablarga begonalar kirishining oldi olindi.

    - Sirdaryoda, soxta guvohnoma va xodim formasini kiyib olgan shaxsning maktabga kirishga uringanligi;

    - Toshkent viloyatida yuqori sinf oʻquvchilarining oʻzaro janjallashuviga tashqaridan kelgan fuqarolarning aralashuvi;

    - Qoraqolpogʻiston Respublikasida fuqaro turmush oʻrtogʻi ishlaydigan maktabga mast holda bolta bilan kelganligi;

    - Qoʻqon shahrida muqaddam sudlangan 20-25 yoshdagi yigitlar maktab hududiga bemaqsad kirishga urunganlik holatlari shular jumlasidandir.

    Yuqorida qayd etilgan barcha xolatlar boʻyicha aybdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jinoiy va maʼmuriy javobgarlik choralari koʻrilshi taʼminlandi.