Muqaddam sudlangan fuqaro takroran jinoyatga qoʻl urdi

    Soʻxlik 27 yoshli N.R.ning bank kartasidan kimdir 2.720.000 soʻm pul mablagʻini yechib oladi.

    N.R. bu haqda ariza bilan tegishli idroaga murojaat qiladi.

    Aniqlanishicha, mazkur jinoyatni Fargʻona viloyati, Soʻx tumanida yashovchi muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan 27 yoshli 24 yoshli E.M. sodir etgani aniqlandi.

    E.M. jabrlanuvchi N.R.ga “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborib, shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritadi. Soʻng jabrdiydaning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olib, 2.720.000 soʻm pullarni oʻzining plastik kartasiga oʻtkazib oladi.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, E.M.ing sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b,g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.