Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda investor oʻrtasida 2019-yilda Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha investitsiya bitimi imzolangan.

Bugungi kunda investor oʻz huquq va majburiyatlaridan voz kechmoqda. Shu munosabat bilan “Nur Navoi Solar” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) investor maqomi, huquqlari va majburiyatlari tatbiq etildi.

Moliya vazirligiga Jahon banki va “Natixis” banki shartnomasi doirasida Oʻzbekistonga maqbul shakldagi JB va “Natixis” banki xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash topshirildi.

Loyiha kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) istisno tariqasida ozod qilinadi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 31.10.2020-yildan kuchga kirdi.

Miryoqub Haydarov.