Muqobil energiyaga investitsiyalar – diqqat markazida

    Energetika 30 Avgust 2023 1266

    Joriy yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov «Meyer Burger» kompaniyasi bosh direktori Gunter Erfurt bilan muzokaralar o‘tkazdi.

    Ma’lumot uchun: Shveytsariyaning «Meyer Burger» kompaniyasi fotoelektr stansiyalari uchun modullar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasida faoliyat yuritadi. 1953-yilda tashkil etilgan kompaniyaning bugungi kunda Germaniya, AQSh, Xitoy va Singapurda vakolatxonalari mavjud. 2022-yilda kompaniya tomonidan o‘rnatilgan quyosh panellarining ishlab chiqarish quvvati 1 GVtni tashkil qiladi. 2024-yilgacha kompaniya umumiy o‘rnatilgan quvvatlarini 3,4 GVtgacha oshirishni rejalashtirilgan.

    Uchrashuvda tomonlar «Meyer Burger» kompaniyasining ilg‘or texnologiyalarini jalb etgan holda mamlakatimizning energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar. Kompaniya vakillari O‘zbekistonda investorlarning qulay faoliyat yuritishi uchun yaratilgan ishbilarmonlik muhitining amaliy jihatlarini yuqori baholadi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.