"O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini jadal sur'atlarda olib bormoqda. Sportchilarimizga yuklamalar maksimal tarzda berilmoqda. Taekvondochilarimiz kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazishmoqda. Shifokorlar har bir sportchimizning holatini nazorat qilib borishmoqda. Muolajalar vaqtida bajarilmoqda, sport taomlari va farmakologik dori-darmonlarini vaqtida qabul qilishmoqda.
Ta'kidlash lozimki sportchilarimizga barcha sharoitlar yaratib berilgan. Ulardan faqat mashg‘ulot o‘tkazish va Olimpiadaga maksimal yuqori sport formasida yetib borish talab etilmoqda xolos. Yaratib berilgan sharoitlar uchun sportchilar nomidan Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik bildiramiz", – deydi Murodjon Choriyev.