Unda isteʼmolchi qoramol sotib olish uchun 30 million soʻm soʻrab Mikrokreditbankning Bulungʻur tumani filialiga ariza bergani, biroq bank maʼmuriyati masalani paysalga solib, ijobiy hal qilib bermayotganini yozgan.

Murojaat Bulungʻur tumani jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida isteʼmolchiga 30 million soʻm kredit olib berildi.

Yana bir murojaat Bulungʻur tumanida yashovchi S.Ahmedovadan kelgan. Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi eshik-rom oʻrnattirish maqsadida ustaga 12 million soʻm bergan. Biroq eshik-romlar oʻz vaqtida oʻrnatilmagan. Ushbu murojaat ham oʻrganilishi natijasida isteʼmolchi xonadoniga sifatli eshik-romlar oʻrnatib berildi.

Shohzodbek MAMARAJABOV,

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari

federatsiyasi matbuot xizmati bosh mutaxassisi