Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Oʻrol Ostonovning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada deputat Xushmurodova Ismigul Berdimurodovna Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezidentimiz tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga Murotjon Azimov nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.
Nomzod boʻyicha partiyalar guruhlari ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga moʻljallangan oʻz dasturini taqdim etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi qarori bilan Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodi Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.